Seru Girassi «Barselona»ga o‘tishi mumkin: Transfer tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy17.03.2026 12:39
  • 21
  • 30

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Seru Girassi Ispaniyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Futbolchiga «Barselona» qiziqish bildirmoqda, deb yozadi fichajes.net nashri.

Ta’kidlanishicha, ushbu transferdan kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xansi Flik shaxsan manfaatdor. Germaniyalik mutaxassis Girassi jamoada kelayotgan yozda ketishga yaqin turgan polshalik Robert Levandovskining o‘rnini bosa olishiga ishonmoqda.

Girassiga, shuningdek, «Tottenxem» ham da’vogarlik qilmoqda. London klubi vakillari 30 yoshli gvineyalik futbolchining o‘yinini shaxsan kuzatib borishgan.

Hujumchining «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Girassini 40 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda hujumchi Bundesligada 25 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar