«Real» sobiq tarbiyalanuvchisini qaytarmoqchi: Hakimiy Madrid uchun maoshi kamayishiga ham rozi

  • Mr.NoBoDy17.03.2026 12:26
  • 12
  • 30

«PSJ» himoyachisi Ashraf Hakimiy Madridning «Real» klubiga qaytishi mumkin, deb yozmoqda fichajes.net nashri.

Ta’kidlanishicha, klub prezidenti Florentino Peres Hakimiy yordamida jamoadagi Dani Karvaxal o‘rnini to‘ldirishni istamoqda.

Madridliklar uchun marokashlik futbolchining yuqori narxi muammo tug‘dirishi mumkin, chunki «PSJ» uni 80 million yevroga baholamoqda. Shunga qaramay, manbaning ta’kidlashicha, himoyachining o‘zi Madridga qaytishni xohlaydi va shu sababli maoshi kamayishiga ham tayyor. Aynan shu omil klublar o‘rtasidagi muzokaralarda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Hakimiyning «PSJ» bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Marokashlik futbolchi «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va ushbu klub tarkibida Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar