Argentinalik yulduz «Real»ga o‘tishni orzu qilmoqda

  • Mr.NoBoDy14.03.2026 19:52
  • 18
  • 30

Yarim himoyachi Enso Fernandes «Chelsi»ni yaxshi ko‘radi va klub muxlislaridan minnatdor. Shunga qaramay, argentinalik futbolchining joriy vaziyatdan hafsalasi tobora pir bo‘lmoqda. Fernandesning fikricha, o‘tgan yilgi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi g‘alabadan so‘ng «Chelsi» o‘sishga erishmadi, aksincha — regressga yuz tuta boshladi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

Enso Fernandes sovrinlar yutishni istaydi. Agar yaqin vaqt ichida vaziyat yaxshilanmasa, xavbek yozda transfer imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi. Enso uchun asosiy variant — «Real Madrid».

25 yoshli Enso Fernandesning qiymati Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 90 million yevroga baholanmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar