
Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares yana bir top-klub — «Pari Sen-Jermen» e’tiborini tortdi.
Jurnalist Romen Gadenning xabar berishicha, parijliklar bo‘lajak transfer oynasida 26 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish imkoniyatlarini o‘rganishmoqda. Argentinalik futbolchini taklif etishdan shaxsan Fransiya grandi bosh murabbiyi Luis Enrike manfaatdor. Ispaniyalik mutaxassis «matraschilar» yulduzining qobiliyatini juda yuqori baholaydi.
Xulian Alvaresning «Barselona»ga o‘tishi haqidagi xabarlar anchadan beri tarqalib keladi, shuningdek, da’vogarlar orasida Angliya Premyer-ligasi klublari ham tilga olinmoqda. Transfermarkt portali ekspertlarining talqiniga ko‘ra, futbolchining narxi 100 million yevroni tashkil etadi.