"Barsa" himoyachisi uchun APL grandlari kurashadigan bo‘lyapti

  • Mr.NoBoDy14.03.2026 11:52
  • 9
  • 30

"Barselona" qanot himoyachisi Alexandro Balde yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, "ko‘k-anorranglilar" Balde bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Ta’kidlanishicha, klub sport direktori Deku himoyachining mahoratiga to‘liq ishonmayapti.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Endryu Robertsonning kutilayotgan ketishi sababli yangi qanot himoyachisiga ehtiyoj sezayotgan "Liverpul" Baldeni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, "Manchester Yunayted" ham himoyachini kuzatib bormoqda, biroq ayni damda mersisaydliklar qulayroq pozisiyada turishibdi.

Joriy mavsumda 22 yoshli Balde barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ekspertlari futbolchining qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar