Dibala mashhur klubga o‘tishga yaqin turibdi

  • Mr.NoBoDy04.03.2026 23:13
  • 30
  • 30

Hujumchi Paulo Dibala kelayotgan yozda klubini o‘zgartirishi mumkin. 32 yoshli argentinalik futbolchining "Roma" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Taniqli jurnalist Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, "Boka Xuniors" vakillari Dibalaning agentlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Argentina klubining maqsadi — Pauloni yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishdir.

Dibalaga 2028 yil yakunigacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilingan.

Qayd etish joizki, Paulo Dibala 2012 yildan beri Italiyada faoliyat yuritib kelmoqda. Hujumchi Italiya zaminida uchta klub — "Palermo", "Yuventus" va "Roma" sharafini himoya qilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar