"Milan" himoyachisi bo‘yicha qaror qabul qildi

  • Mr.NoBoDy03.03.2026 19:26
  • 24
  • 30

Ekvadorlik himoyachi Pervis Estupinyan yozda "Milan"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Sky Sports Switzerland nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, Italiya grandi futbolchi borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Estupinyan "Milan"ga "Brayton" klubidan ko‘chib o‘tgan edi. Futbolchining mehnat shartnomasi 2030 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali himoyachining transfer qiymatini 14 million yevroga baholagan.

Joriy mavsumda Pervis Estupinyan "Milan" safida 17 ta uchrashuv o‘tkazdi. Ularda futbolchi bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar