«Bavariya» yana Virsga qiziqib qoldi

  • Mr.NoBoDy18.02.2026 13:13
  • 39
  • 30

«Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virs «Bavariya»ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi. Bu haqda Germaniya OAVlari xabar bermoqda.

Bir necha hafta oldin Myunxen klubi vakillari Virsning agenti hisoblangan otasi bilan bog‘lanib, futbolchining ehtimoliy transferiga qiziqish bildirishgan. Biroq Virsning otasi o‘g‘li faoliyatining katta qismini «Liverpul»da o‘tkazish niyatida ekanligini va boshqa jamoaga o‘tish haqida o‘ylamayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yozida «Bavariya» Virsni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan edi. Ammo o‘shanda yarim himoyachi «Liverpul» variantini tanlagan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar