"Metallurg" - "FarDU" uchrashuvi 28 noyabr kuni o'tkaziladi

  • Mr.NoBoDy 25.11.2026 12:48
  • 36
  • 30

Avvalroq mazkur uchrashuv bugun, 25 noyabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi.

Biroq "FarDU" klubi bosh murabbiyi Sergey Lebedevning bevaqt vafoti munosabati bilan Liga o'yinni qoldirishga qaror qildi.

Xabaringiz bor, Proliga pley-offining ikkinchi bosqichi 5 dekabr - shanba kuni bo'lib o'tadi. Shundan kelib chiqib, mazkur bosqichga yetib kelishi mumkin bo'lgan ikki klubning dam olish hamda tiklanish uchun sarf etiladigan kunlarida katta tafovut yuzaga kelib qolmasligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur masalalarni inobatga olib, Liga har ikki klub, shuningdek, uchrashuvni translyatsiya qilishni rejalashtirayotgan "Futbol TV" kanali bilan maslahatlashgan holda "Metallurg" - "FarDU" uchrashuvini 28 noyabr kuni o'tkazish yuzasidan qaror qabul qildi. Bahs soat 14:00 da start oladi.

Ўхшаш янгиликлар