"Barselona" "Monca" hujumchisiga bo'lgan qiziqishni kuchaytirdi

  • Mr.NoBoDy 25.11.2026 10:56
  • 66
  • 30

"Barselona" yosh hujumchi izlash ishlarini faollashtirdi.

Kataloniya klubining qiziqishlar doirasiga "Monca"ning portugaliyalik forvardi Gustavo Varela tushib qoldi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.

21 yoshli Varela A Seriyada ajoyib mavsumni o'tkazmoqda. Uning hisobida Italiya chempionatining 11 ta o'yinida 11 ta gol va 12 ta rasmiy uchrashuvda 13 ta gol mavjud.

"Barselona" selekcionerlari "Monca"ning "Fiorentina"ga qarshi o'yinida bevosita ishtirok etishdi - ushbu bahsda Varela dubl qayd etdi, jumladan, tovoni bilan chiroyli zarba yo'llab gol urdi. A Seriyadagi gollar soni bo'yicha undan faqat Donell Malen oldinda bormoqda.

Portugaliyalik futbolchini boshqa top-klublar ham kuzatib bormoqda. "Barselona"dan tashqari da'vogarlar ro'yxatida "Inter", "Napoli", "Yuventus" va Londonning "Arsenal" klublari qayd etilgan. Futbolchining agenti kelasi hafta o'z mijozining kelajagini muhokama qilish uchun "Monca" rahbariyati bilan uchrashadi.

A Bola ma'lumotlariga ko'ra, transferning boshlang'ich narxi 25 milliondan 30 million evrogacha bo'ladi. Shu bilan birga, "Monca" Varelani o'tgan yozda "Benfika"dan 2 million evro evaziga sotib olgan bo'lib, lissabonliklar uchun keyingi sotuvdan 20% ulushni saqlab qolgan.

Ўхшаш янгиликлар