Maurisio Pochettino "Manchester Yunayted" bazasiga yetib keldi va ishga kirishdi

  • Mr.NoBoDy 18.11.2026 22:24
  • 57
  • 30

Bugun, 18 noyabr kuni "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yangi klubi bazasiga yetib keldi va rasman o'z vazifalarini bajarishga kirishdi.

"Qizil iblislar" mutaxassisning tayinlangani haqida 13 noyabr, juma kuni e'lon qilishgan edi.

Pochettino "Manchester Yunayted"ga 2024 yildan buyon boshqarib kelgan AQSH terma jamoasidan ko'chib o'tdi. Noyabr oyidagi xalqaro tanaffusda amerikaliklar ushbu murabbiy qo'l ostida so'nggi ikki uchrashuvni o'tkazib, KONKAKAF Millatlar Ligasi chorak finalida Gaiti ustidan ikkita g'alabaga (6:0 va 2:0) erishishdi.

Ayni damda "Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 10 ta bellashuvdan so'ng sakkiz ochko mavjud.

Ўхшаш янгиликлар