
Final uchrashuvida "Nasaf" va "Paxtakor" yoshlari o'zaro to'qnash kelishdi. Bahsning 13-daqiqasida Asadbek Shuhratov tomonidan kiritilgan yagona gol "sherlar"ga chempionlikni taqdim etdi. Qayd etish joiz, 62-daqiqada Mo'minjon Shuhratov maydondan chetlatilganiga qaramay, toshkentliklar o'yin yakuniga qadar hisobni saqlab qolishga muvaffaq bo'lishdi.
Bronza medallari uchun kechgan bellashuvda esa "Respublika FA" "Mashal" ustidan 2:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi. Gollarga Husniddin Musulmonov va Abdug'afur Abduxalilov mualliflik qilishdi.
U19 chempionati. Final
"Nasaf" U19 - "Paxtakor" U19 0:1
Gol: Asadbek Shuhratov, 13 (0:1).Chetlatish: Mo'minjon Shuhratov, 62 ("Paxtakor").
3-o'rin uchun bahs
"Mashal" U19 - "Respublika FA" U19 0:2
Gollar: Husniddin Musulmonov, 17 (0:1), Abdug'afur Abduxalilov, 60 (0:2).
Shu tariqa, U19 chempionatining sovrindorlari quyidagicha ko'rinish oldi:
1-o'rin - "Paxtakor"
2-o'rin - "Nasaf"
3-o'rin - "Respublika FA"