83-o'rindan TOP-50 sari: O'zbekiston terma jamoasining so'nggi 6 murabbiy qo'l ostidagi FIFA reytingi o'zgarishlari

  • Mr.NoBoDy 18.11.2026 17:56
  • 81
  • 30

O'zbekiston milliy terma jamoasi so'nggi o'n yillikda bir necha murabbiylar qo'l ostida turli davrlarni boshdan kechirdi.

Bu vaqt oralig'ida jamoaning FIFA reytingidagi o'rni ham sezilarli darajada o'zgarib turdi - 95-pog'onagacha tushishdan tortib, Jahon chempionati oldidan TOP-50 ga kirishgacha bo'lgan yo'l bosib o'tildi.

Quyida O'zbekiston milliy terma jamoasining oxirgi 6 nafar bosh murabbiyi davrida qayd etilgan reyting o'zgarishlari bilan tanishishingiz mumkin:

  • Samvel Babayan (2015 yil iyun – 2017 yil sentyabr): Jamoa reytingda 75-o'rindan 48-o'ringacha ko'tarilib, 2016 yil oxirini 49-o'rinda yakunladi. Biroq JCH-2018 saralashidagi so'nggi muvaffaqiyatsiz o'yinlardan keyin 68-o'ringa tushib ketdi.

  • Ektor Kuper (2018 yil avgust – 2019 yil sentyabr): Jamoani 95-o'rindan qabul qilib olib, 2019 yilgi Osiyo Kubogidagi ishtirokdan so'ng 82–84-o'rinlargacha ko'tardi.

  • Vadim Abramov (2019 yil sentyabr – 2021 yil iyun): Uning davrida jamoa 82-o'rindan 85-o'ringacha pasayib, JCH-2022 saralashidan chiqib ketdi.

  • Srechko Katanets (2021 yil avgust – 2025 yil yanvar): Jamoani 83-o'rin atrofida qabul qilib olib, 3,5 yil ichida eng barqaror o'sishni taminladi va terma jamoani 58-o'ringacha olib chiqdi.

  • Temur Kapadze (2025 yil yanvar – oktyabr): Katanetsdan keyin jamoani boshqarib, O'zbekistonni tarixda ilk bor Jahon chempionatiga olib chiqdi va reytingda 55-o'ringacha ko'tarilishiga hissa qo'shdi.

  • Fabio Kannavaro (2025 yil oktyabr – hozirgacha): Jamoani 55-o'rinda qabul qilib oldi va JCH-2026 oldidan 50-o'ringacha ko'tardi. Jahon chempionati guruh bosqichidagi uchta mag'lubiyatdan so'ng jamoa 60-o'ringa tushib ketdi, ammo kuzgi o'rtoqlik uchrashuvlaridagi g'alabalardan keyin hozirda 59-o'rinda bormoqda.

Ўхшаш янгиликлар