
2023 yildan buyon "So'g'diyona" sharafini himoya qilib kelayotgan qanot hujumchisi milliy jamoaning yil davomidagi qoniqarsiz natijalari uchun mas'uliyatni futbolchilar o'z zimmasiga olishi kerakligini ta'kidladi.
"Ochig'i, bu yilni unutganimiz maqul. Bunda na futbol federatsiyasi prezidenti, na bosh murabbiy aybdor. Ayb o'zimizda. Terma jamoaga mamlakatning eng yaxshi futbolchilari chaqirilgan. Natijalar uchun biz javobgarmiz.
Menimcha, bizga mas'uliyat hissi yetishmayapti. Avvalo, o'zimdan boshlayman. Maydonda mas'uliyat va intizom yetishmayapti. Bu terma jamoa bunday o'ynamasligi kerak. Bu holat biz uchun ham juda og'ir. Ushbu yilni unutishimiz lozim.
O'ylaymanki, vaziyatni o'nglay olamiz. O'zimizga kelishimiz uchun bir-ikkita g'alaba kerak. Bunday tarzda mag'lub bo'lgan ekanmiz, demak, bosh murabbiyning talablarini bajara olmaganmiz. Maydonda ko'plab jihatlar bo'yicha o'zimizni ko'rsata olmadik", – dedi Doriev.
Qayd etish joiz, Lyupcho Doriev avvalroq Shotlandiyaga qarshi uchrashuvdan so'ng jamoaning o'yinida ijobiy o'zgarishlar sezilayotganini ta'kidlab, Sloveniyaga qarshi bahsda g'alaba qozonishga umid bildirgan edi. Biroq navbatdagi mag'lubiyatdan so'ng futbolchi jamoadoshlarini ham, o'zini ham tanqid qildi.