
Bu haqda "qizil iblislar" matbuot xizmati rasman xabar berdi. Ularning barchasi argentinalik murabbiy bilan "Espanol", "Sautgempton", "Tottenxem", PSJ va "Chelsi" klublarida birga faoliyat yuritishgan.
"Klub Trevis Binnion, Jonni Evans, Stiv Xolland, Kreyg Mouson va Jonatan Vudgeyt, shuningdek, Maykl Kerrikning jamoani tark etganini tasdiqlaydi. Biz ushbu jamoaga to'liq fidoyilik, o'z ishiga sadoqat va professionallik uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda kelajakdagi faoliyatlarida omad tilaymiz", - deyiladi "Manchester Yunayted" rasmiy saytida.