
Efirga uzatuvchilar uchun tayyorlangan tender materiallarida aynan ushbu to'xtalishlar paytida reklama sotish imkoniyati nazarda tutilgan.
Eslatib o'tamiz, bunday tanaffuslar ilk bor 2026 yilgi jahon chempionatida barcha o'yinlar uchun yalpi tarzda joriy etilgan va bu homiylardan tushadigan daromadlarni oshirish imkonini bergan edi.
Shunga qaramay, FIFA 2030 yilgi mundialda mazkur tanaffuslardan foydalanish bo'yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini takidlamoqda. Musobaqa asosan Marokash, Ispaniya va Portugaliyada o'tkaziladi, ochilish marosimi doirasidagi uchta uchrashuvga esa Janubiy Amerika mezbonlik qiladi.