CIES dunyoning eng qimmat darvozabonlari reytingini e'lon qildi

  • Mr.NoBoDy 18.11.2026 16:32
  • 99
  • 30

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) dunyoning eng qimmat darvozabonlari reytingini tuzib chiqdi.

Ro'yxatdan jami 100 nafar futbolchi o'rin oldi. Birinchi pog'onani "Barselona" posboni Joan Garsiya egalladi - uning transfer qiymati 80,6 million evroga baholanmoqda.

Top-10 reyting quyidagicha ko'rinish olgan:

  • Joan Garsiya ("Barselona") - 80,6 mln evro;

  • Janluiji Donnarumma ("Manchester Siti") - 79,9 mln evro;

  • Senne Lammens ("Manchester Yunayted") - 64,2 mln evro;

  • Zion Sudzuki ("Aston Villa") - 59,5 mln evro;

  • Bart Verbryuggen ("Brayton") - 57,9 mln evro;

  • Mayk Penders ("Chelsi") - 57,1 mln evro;

  • Lukash Gornichek ("Nyukasl") - 55,9 mln evro;

  • Robin Rufs ("Sanderlend") - 52,3 mln evro;

  • Matvey Safonov (PSJ) - 50,8 mln evro;

  • Yonas Urbig ("Bavariya") - 50 mln evro.

Ўхшаш янгиликлар