"Neftchi" futbolchisi OCHL Elit 4-turining eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzod

  • Mr.NoBoDy 18.11.2026 16:08
  • 84
  • 30

Osiyo futbol konfederatsiyasi Chempionlar ligasi Elit turniri 4-turining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun muxlislar o'rtasida ovoz berishni boshladi.

Nomzodlar qatoridan Farg'onaning "Neftchi" klubi yarim himoyachisi Vladimir Yovovich ham o'rin oldi.

OFK rasmiy saytida chernogoriyalik futbolchining Eronning "Traktor" klubiga qarshi uchrashuvdagi goliga alohida e'tibor qaratilgan.

"Yovovich hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtning to'rtinchi daqiqasida uzoq masofadan ajoyib zarba yo'llab, 'Neftchi'ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Kuch, aniqlik va hayajon – Yovovichning darvozaga yo'llagan yagona aniq zarbasi haqiqiy shohasar golga aylandi", – deyiladi OFK xabarida.

Eslatib o'tamiz, 2 noyabr kuni o'tkazilgan "Traktor" – "Neftchi" uchrashuvi 2:2 hisobida yakunlangan. Yovovich 90+4-daqiqada farg'onaliklarni oldinga olib chiqqan, biroq eronliklar 90+9-daqiqada hisobni tenglashtirgan edi.

Ўхшаш янгиликлар