Anzur Ismoilov: “Rossiya – jiddiy raqib, ammo Toshkentda o'ynashimiz qo'shimcha ustunlik beradi”

  • Mr.NoBoDy 12.11.2026 18:32
  • 210
  • 30

O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Anzur Ismoilov Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

Sobiq futbolchi “Evro-Futbol” nashriga bergan intervyusida O'zbekiston milliy terma jamoasining hozirgi holati va bo'lajak uchrashuvdan kutayotgan natijalari haqida gapirdi.

“Menimcha, O'zbekiston terma jamoasi hozir yangi rivojlanish bosqichida. Jahon chempionatiga chiqishning o'zi futbolimiz uchun tarixiy yutuq bo'ldi. Albatta, mundialdagi ishtirokimiz xalqaro tajriba, barqarorlik va yuqori darajadagi jamoalarga qarshi o'ynash borasida hali ishlashimiz kerakligini ko'rsatdi.

Jahon chempionatidan keyin jamoa bir joyda to'xtab qolmasligi muhim. Hozir xatolarni tahlil qilish va yangi taktik echimlarni topish uchun barcha imkoniyatlar bor.

Fabio Kannavaroning kelishi – qiziqarli bosqich. U eng yuqori darajada katta tajriba orttirgan. Men bu jamoaning salohiyatini ko'ryapman. Istedodli futbolchilarimiz, yaxshi yoshlarimiz bor. Eng muhimi, mamlakatda futbolga qiziqish juda yuqori”, – dedi Ismoilov.

Shuningdek, sobiq himoyachi Rossiyaga qarshi uchrashuv haqida ham fikr bildirdi.

“Qiziqarli va ancha principial o'yin kutyapman. Rossiya – kuchli futbolchilari va xalqaro tajribasi bor jiddiy raqib.

Terma jamoamiz uchun bu, avvalo, kuchli raqibga qarshi o'zini sinab ko'rish, hozirgi tayyorgarlik darajasini baholash va qaysi jihatlar ustida yana ishlash kerakligini aniqlash imkoniyati.

Bundan tashqari, uchrashuv Toshkentda o'tadi. Bu futbolchilarimiz uchun qo'shimcha motivaciya bo'lishi kerak.

Yaxshi futbol, intizom va g'alabaga intilishni ko'rishga umid qilaman. O'ylaymanki, bu bahs har ikki jamoa uchun foydali sinov, muxlislar uchun esa qiziqarli futbol voqeasi bo'ladi”, – dedi Anzur Ismoilov.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Rossiya o'rtoqlik uchrashuvi bugun, 12 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida soat 20:00 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар