
Nashr jurnalisti Georgiy Ilyushenko tayyorlagan materialda turli yillarda Rossiya Premer-ligasida faoliyat yuritgan 11 nafar futbolchi tanlab olingan.
Ramziy terma jamoa:
Darvozabon: Evgeniy Safonov
Himoyachilar: Vitaliy Denisov, Andrey Rezancev, Rustam Ashurmatov, Andrey Fyodorov;
Yarim himoyachilar: Vadim Afonin, Odil Ahmedov, Mirjalol Qosimov, Abbosbek Fayzullayev, Sergey Lushchan
Hujumchi: Eldor Shomurodov

Ma'lumot uchun, O'zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bugun, 12 noyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida soat 20:00 da boshlanadi.