
Klub ma'lumotlariga ko'ra, qaror kuchga kirgan. OAV xabarlariga qaraganda, ingliz klubi ayni damda AQSH terma jamoasini boshqarayotgan Maurisio Pochettinoni jamoa bosh murabbiyi etib tayinlash bo'yicha kelishuvga erishgan.
"Manchester Yunayted" Angliya chempionati turnir jadvalida 10 ta o'yindan so'ng 8 ochko jamg'argan holda 18-o'rinni egallab turibdi.
Kerrik 2026 yilning yanvarida mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzolab, MYU boshqaruviga kelgadi. Mutaxassis qo'l ostida "Yunayted" APLda uchinchi o'rinni egallab, jamoani Chempionlar Ligasiga olib chiqqanidan so'ng klub angliyalik murabbiy bilan shartnomani 2028 yilning yoziga qadar uzaytirgan edi.