
"Hatto himoyalanishga majbur bo'lganimizda ham, bu yaxshi o'yin bo'lgandi. Francuzlar belgiyaliklarga bo'lgani kabi bizga ham jiddiy muammolar tug'dirishdi, ular juda kuchli jamoa. Ammo bizning o'yinimizda ham yaxshilash mumkin bo'lgan jihatlar bor edi. Umid qilamizki, Fransiyaga qarshi yaxshiroq o'yin ko'rsatishga va g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lamiz", – deya Manchinining so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
O'yin payshanba, 12 noyabr kuni Milanda bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi. 15 noyabr kuni esa Fransiya 6-tur doirasida Turkiyani qabul qiladi.