
"Murabbiy bizdan raqibga pressing qo'llashni va eng muhimi, to'pni tezda qaytarib olishni talab qilmoqda. Menga bunday o'yin uslubi yoqadi va u menga juda mos keladi deb o'ylayman. 28 yoshdaman, lekin o'rganish va o'sishda davom etyapman. Yana kuchayishim mumkin bo'lgan jihatlar ko'p, biroq bu yerda o'z ojiz tomonlarimni oshkor qilmoqchi emasman!", – deya Upamekanoning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
O'yin payshanba, 12 noyabr kuni Milanda bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi. 15 noyabr kuni esa Fransiya 6-tur doirasida Turkiyani qabul qiladi.