Portugaliya terma jamoasi debyutanti: "Krishtianu hozir jamoada emasligidan juda afsusdaman"

  • Mr.NoBoDy 12.11.2026 12:40
  • 219
  • 30

"Portu" himoyachisi Albertu Koshta Portugaliya terma jamoasiga ilk bor chaqirilgan vaqtida Krishtianu Ronaldu bilan birga bo'la olmaganidan afsuslanayotganini bildirdi.

"Krishtianu hozir bu yerda emasligidan juda afsusdaman. Faoliyatimda chindan ham erishishni istagan narsam shu edi: u bilan bir kiyinish xonasini bo'lishish", – deya Koshtaning so'zlarini keltiradi "A Bola".

5 noyabr kuni Ronaldu sentyabr oyi oxirida Jezush bilan yuzaga kelgan nizodan so'ng Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgandi.

Ronaldu 2003 yildan buyon Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilib, 234 ta o'yinda maydonga tushgan va 146 ta gol urgan. Milliy jamoa bilan birga forvard 2016 yilda Yevropa chempioni bo'ldi hamda ikki bor Millatlar Ligasida (2018/19, 2024/25) g'olib chiqdi.

Ўхшаш янгиликлар