"Manchester Yunayted" Pochettinoning vakillari bilan muzokaralar o'tkazdi

  • Mr.NoBoDy 11.11.2026 01:32
  • 865
  • 30

"Manchester Yunayted" AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Mauricio Pochettino vakillari bilan muzokaralar o'tkazdi, deb xabar bermoqda insayder Fabricio Romano.

Avvalroq, agar Maykl Kerrik klubdan chetlatilsa, 54 yoshli argentinalik mankunianlar bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod bo'lgani haqida ma'lumot paydo bo'lgan edi.

"Manchester Yunayted" 10 turdan so'ng 8 ochko bilan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.

Pochettino 2024 yilning sentyabr oyidan beri AQSH terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Bungacha u "Chelsi”, PSJ”, "Tottenxem," "Sautgempton" va "Espanol"ni boshqargan.

Pochettino boshchiligida AQSH terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqdi. U yerda amerikaliklar 1/8 finalda Belgiyaga mag'lub bo'ldi (1:4).

Ўхшаш янгиликлар