Van Deyk Niderlandiya terma jamoasi o'yinlarini o'tkazib yuboradi

  • Mr.NoBoDy 10.11.2026 19:16
  • 290
  • 30

"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk jarohati tufayli noyabr oyida Niderlandiya milliy terma jamoasi safida o'ynay olmaydi.

Bu haqda terma jamoa matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, bo'lajak uchrashuvlarni "Sanderlend" hujumchisi Brayan Brobbi ham o'tkazib yuboradi. Har ikkala futbolchi sog'lig'idagi holat sababli bahslarda ishtirok eta olmaydi. Futbolchilar o'rniga boshqa hech kim chaqirilmaydi.

Niderlandiya terma jamoasi noyabr oyida Millatlar Ligasi doirasida Gretsiya (13.11) va Germaniyaga (16.11) qarshi maydonga tushadi.

Ўхшаш янгиликлар