
Madridning «Real» klubi yarim himoyaçisi Federiko Valverde jarohatiga qaramay, Urugvay terma jamoasi yiğiniga qöşildi. Futbolçi milliy jamoaga töliq tayyor holatda kelmaganini tan oldi.
Şuningdek, Valverde 2026 yilgi Jahon çempionatidagi muvaffaqiyatsiz iştirok va sobiq boş murabbiy Marselo Byelsa bilan munosabatlari haqida tarqalgan xabarlarga ham munosabat bildirdi.
«Hozirça 100 foiz tayyor emasman. Ammo gap terma jamoa haqida ketganda, har doim şu yerda bölişing, yiğinda qatnaşişing kerak.
Jahon çempionatida röy bergan voqealar hali ham meni xafa qiladi. Biz boşqaça natija kutgandik, afsuski, maqsadimizga erişa olmadik.
Byelsa bilan munosabatlarimga kelsak, işlar yaxşi ketmaganda odamlar hatto mavjud bölmagan muammolarni ham izlaşni boşlaydi. Biz haqimizda aytilgan gaplarning köpçiligi yolğon», — deya Valverdening sözlarini keltiradi Sport 890.
Eslatib ötamiz, Urugvay terma jamoasi JÇ-2026da guruh bosqiçidan öta olmagan. Jamoa Ispaniya va Kabo-Verdedan ortda qolib, pley-off yöllanmasidan quruq qolgan.
Muvaffaqiyatsiz natijadan keyin Urugvay futbol federasiyasi murabbiylar ştabida özgariş qilgan. Avgust oyida Marselo Byelsaning örnini milliy jamoaning sobiq hujumçisi Diyego Forlan egallagan.