
Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
"Arsenal" moliyaviy qiyinchiliklar sababli ayrim futbolchilarini sotish masalasini ko'rib chiqmoqda. Subimendi "to'pchilar" yaqin transfer oynalarida xayrlashishi mumkin bo'lgan o'yinchilar qatoriga kiradi.
Ispaniyalik yarim himoyachini safiga qo'shib olishga "Atletiko" qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o'zi ham klub almashtirish niyatida, chunki u yana ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi.