
Ispaniyada 2030 yilgi futbol böyiça jahon çempionati mezbonligi atrofida jiddiy bahslar yuzaga kelmoqda.
Mamlakatdagi konservativ Xalq partiyasi yetakçisi, boş vazirlikka nomzod Alberto Nunyes Feyxoo agar musobaqaning final uçraşuvi Marokaşga berilsa, Ispaniya turnirni taşkil etişdan voz keçişi kerakligini bildirdi.
Siyosatçi bu haqda El Chiringuito dasturiga bergan intervyusida gapirdi.
"Jahon çempionati finali adolatli va mantiqan töğri bölgan joyda, heç qanday şubha tuğdirmaydigan mamlakatda — Ispaniyada ötkazilişi kerak", — dedi Feyxoo.
Uning ta’kidlaşiça, Ispaniya yirik xalqaro sport musobaqalarini yuqori saviyada taşkil etiş uçun yetarli tajriba va imkoniyatlarga ega.
Siyosatçidan agar final Marokaşga berilsa, Ispaniya jahon çempionati mezbonligidan voz keçişi tarafdori böladimi, deb söraldi.
Feyxoo bu savolga ijobiy javob qaytardi. U hukumat rahbariga aylangan taqdirda aynan şunday pozisiyani ilgari surişini ma’lum qildi.
Eslatib ötamiz, Ispaniyada navbatdagi umumiy saylovlar 29 noyabr kuni ötkaziladi. Unda Feyxooning asosiy raqiblaridan biri amaldagi boş vazir Pedro Sançes hisoblanadi.
2030 yilgi jahon çempionatiga Ispaniya, Portugaliya va Marokaş birgalikda mezbonlik qiladi. Şuningdek, musobaqaning dastlabki uçta uçraşuvi Janubiy Amerikada taşkil etiladi.
Hozirda turnir finalini qabul qiliş uçun bir neçta stadion da’vogar sifatida körilmoqda.
Ular orasida Madriddagi "Santyago Bernabeu", Barselonadagi "Kamp Nou" hamda Marokaşning Kasablanka şahri yaqinida barpo etilayotgan 115 ming tomoşabinga möljallangan Hasan II stadioni bor.
FIFA hozirça jahon çempionatining hal qiluvçi uçraşuvi qayerda ötkazilişi böyiça yakuniy qarorni e’lon qilmagan.