Ronaldu va Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunladi: ikki afsonaning xalqaro faoliyati qanday keçdi?

  • Mr.NoBoDy 06.11.2026 21:22
  • 261
  • 30

2026 yilda XXI asrning eng buyuk futbolçilaridan hisoblangan Kriştianu Ronaldu va Lionel Messi milliy terma jamoalardagi faoliyatini yakunladi. Ularning har biri öz mamlakati futboli tarixida öçmas iz qoldirdi.

Ronaldu: uzoq kutilgan zafar va tarixiy rekordlar

Kriştianu Ronaldu 5 noyabr kuni Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. U milliy jamoa safida 23 yil davomida töp surib, 234 ta uçraşuvda 146 ta gol urdi.

Ronalduning terma jamoadagi ilk yirik musobaqasi Yevro-2004 böldi. Öşanda Portugaliya finalda Gresiyaga mağlub bölgan, 19 yoşli Kriştianu esa köz yoşlarini tiya olmagandi. Uning orzusidagi ilk yirik sovrinni qölga kiritişi uçun yana 12 yil kerak böldi.

2016 yilgi Yevropa çempionatida Portugaliya finalgaça yetib bordi. Ronaldu hal qiluvçi bosqiçlarda muhim gollar urdi, ammo Fransiyaga qarşi finalda jarohat olib, maydonni tark etişga majbur böldi. Şunga qaramay, Ederning goli portugallarga tarixda ilk bor Yevropa çempioni böliş imkonini berdi.

Keyinçalik Ronaldu terma jamoa bilan yana ikki marta Millatlar ligasida ğolib çiqdi. Şuningdek, Yevro-2020 musobaqasining eng yaxşi töpurari böldi. Biroq Yevro-2024da biror marta gol ura olmadi.

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxşi töpurar bölib qoldi. U xalqaro futbol tarixida eng köp gol urgan futbolçi va oltita jahon çempionatida gol kiritgan birinçi öyinçi hisoblanadi.

Messi: tanqidlardan jahon çempionligigaça

Lionel Messi uçun Argentina terma jamoasidagi faoliyat oson keçmadi. Uning yelkasida doimo Diyego Maradona bilan taqqoslaniş va mamlakatni jahon çempionligiga olib çiqiş mas’uliyati bor edi.

Messi 2006 yilgi jahon çempionatida terma jamoa safidagi ilk mundialida iştirok etdi. Ammo keyingi yillarda uni bir qator omadsizliklar ta’qib qildi. 2014 yilgi jahon çempionati finalida Germaniyaga mağlub bölgan Argentina 2015 va 2016 yillarda Amerika kubogi finallarida ham zafar quça olmadi.

2016 yilgi finalda penaltini aniq amalga oşira olmagan Messi terma jamoadagi faoliyatini tugatişini ma’lum qildi. Biroq köp ötmay, Argentinaga bölgan muhabbati va orzusi yölida yana jamoaga qaytdi.

Messi uçun buriliş nuqtasi 2021 yilgi Amerika kubogi böldi. Lionel Skaloni boşçiligidagi Argentina finalda Braziliyani mağlub etib, çempionlikni qölga kiritdi. Messi esa musobaqaning eng yaxşi futbolçisi va töpurari böldi.

2022 yilgi Qatar mundiali esa uning faoliyatidagi eng katta zafarga aylandi. Messi finalda Fransiya darvozasiga ikki gol urdi va Argentina penaltilar seriyasida ğalaba qozonib, jahon çempioniga aylandi.

Messi 2026 yilgi jahon çempionatida ham yorqin öyin namoyiş etdi. 39 yoşida musobaqada sakkizta gol urib, törtta golli uzatmani amalga oşirdi. Argentina finalda Ispaniyaga mağlub bölgan bölsa-da, uning iştiroki köpçilikda katta taassurot qoldirdi.

U terma jamoa bilan xayrlaşuv uçraşuvini 6 sentyabr kuni Buenos-Ayresda Beninga qarşi ötkazdi. Messi mazkur bahsda bir gol va ikki golli uzatma muallifi böldi. U Argentina terma jamoasi safida jami 207 ta öyin ötkazib, 126 ta gol urdi va törtta yirik sovrinni qölga kiritdi.

Ikki afsona — futbol tarixidagi öçmas meros

Ronaldu va Messi öz terma jamoalari bilan turli yölni bosib ötdi. Ronaldu Portugaliyaga tarixdagi ilk yirik xalqaro sovrinlarini olib kelgan bölsa, Messi Argentinani uzoq kutilgan jahon çempionligiga yetakladi.

Ular milliy jamoalar safida ikki marta özaro töqnaş kelib, örtoqlik uçraşuvlarida bittadan ğalaba qozonişgan.

Ikki futbolçining bir avlod ramziga aylangani şubhasiz. Endi ularning terma jamoadagi davri ortda qoldi. Biroq futbol tarixida Ronaldu va Messi nomi eng buyuklar qatorida abadiy qoladi.

Ўхшаш янгиликлар