
La Liganing 12-turidan o'rin olgan mazkur uchrashuv 8 noyabr, yakshanba kuni Madriddagi "Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi.
- Yakshanba kuni "Metropolitano" stadionida nimani ko'rishni istardingiz?
- Ikkala jamoa ham mag'lub bo'lishini istardim. Garchi buning imkoni bo'lmasa-da.
Ulardan biri baribir ochko yo'qotadi. Bu esa mumkin bo'lgan eng yaxshi natija. Rostini aytsam, u yerda nima bo'lishidan qati nazar, bu men uchun hech qanday ahamiyatga ega emas, - dedi Mourinyu.
Ispaniya chempionatining 11 turidan keyin turnir jadvalida 30 ochko bilan "Barselona" peshqadamlik qilmoqda. "Atletiko" 28 ochko bilan ikkinchi, "Real" esa 27 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Madridliklar shanba kuni "Valensiya"ga qarshi bahs olib boradi.