Ulug'bek Bakaev: "Qizil kartochka bizni "sindirib" qo'ydi"

  • Mr.NoBoDy 06.11.2026 21:40
  • 156
  • 30

Superliganing 27-turi doirasidagi "So'g'diyona" - "Dinamo" (1:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“O'yinni faol, agressiv boshladik. Tezkor gol ham urdik. Yana gol ursak bo'lardi. Qo'pol xato va qizil kartochka bizni “sindirib” qo'ydi. Voqeliklar bunday tarzda o'zgarib ketishini xech kim kutmagandi. Bir kishi ko'p bo'lib qolganidan keyin raqiblar gollar urishdi. Bu yerda yigitlarga xech qanday etirozim yo'q. Hamma ham xato qiladi, bu futbol. Keyingi o'yinga tayyorlanish kerak”, - dedi Ulug'bek Bakaev.

Ўхшаш янгиликлар