Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidan nima uçun ketgani ma’lum böldi

  • Mr.NoBoDy 06.11.2026 20:22
  • 380
  • 30

Beş karra “Oltin töp” sohibi Kriştianu Ronaldu, agar Portugaliya milliy jamoasida boş murabbiy özgarsa, Yevropa çempionati öyinlari uçun terma jamoaga qaytişi mumkin. Bu haqda portugaliyalik futbol agenti Paulu Barboza ma’lum qildi.

Uning fikriça, bu Ronalduning yakuniy qarori bölmasligi ham mumkin:

“Kriştianu Yevropa çempionatida öynaşni xohlagan edi. Biroq murabbiy bilan ziddiyat yuzaga keldi va jamoatçilik Ronaldu emas, balki murabbiy tarafini oldi. U uşbu mojarodan söng boş murabbiy iste’foga çiqişidan umidvor edi, ammo bunday bölmadi. Natijada u terma jamoadagi faoliyatida boşi berk köçaga kirib qoldi. Uning bayonoti — ayni şu murabbiy bilan işlaşni istamasligini anglatadi. Işonçim komilki, agar Yevropa çempionatiga tayyorgarlik yakunlangunga qadar terma jamoada murabbiy özgarsa, u yana jamoaga qaytişni xohlab qolişi mumkin”, deydi Barboza RIA Novosti naşriga bergan intervyusida.

Eslatib ötamiz, 5 noyabr kuni 41 yoşli hujumçi ijtimoiy tarmoqlardagi videomurojaati orqali terma jamoadagi faoliyatini rasman yakunlaganini e’lon qildi. Bunga sentyabr oyi oxirida Millatlar Ligasi doirasidagi Norvegiyaga qarşi öyindan (2:1) söng yuzaga kelgan vaziyat sabab böldi. Öşa uçraşuvda zaxirada qoldirilgan Ronaldu ruxsatsiz jamoa qarorgohini tark etgan va bu holat u bilan boş murabbiy Jorje Jezuş örtasida oçiq ziddiyatni keltirib çiqargandi.

Ўхшаш янгиликлар