
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Rasing»ga qarshi uchrashuvdagi (3:0) g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Rasing» juda kuchli energiyaga ega, jangovor jamoa. Hatto 0:3 hisobida mag‘lub bo‘layotgan paytda ham muxlislar jamoani qo‘llab-quvvatlashda davom etishdi. Ular xavf tug‘dira olishdi.
Yaratgan vaziyatlarimizni hisobga olsak, 4:0 yoki 5:0 hisobida ham g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Biroq o‘yin biz uchun ancha murakkablashib ketishi ham mumkin edi. Agar raqib gol urganida, yanada ruhlanib ketardi.
Biz yuqori pressing qo‘lladik. Aytish joizki, «Rasing» o‘z maydonida mehmon bo‘lib keladigan barcha jamoalarga qarshi aynan shu uslubda o‘ynaydi. Shunga qaramay, biz uchun nihoyatda murakkab kechgan haftada yana bir g‘alabaga erishishga muvaffaq bo‘ldik», — deya Mourinyoning so‘zlarini keltirmoqda Marca nashri.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Real» 11 ta uchrashuvda jamg‘arilgan 27 ochko bilan turnir jadvalining uchinchi pog‘onasini egallab turibdi. «Rasing» esa 11 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.