
«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Hag «Al-Nassr» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Hech qanday tushunmovchilik bo‘lmasligi uchun ochiq aytaman: u, shubhasiz, buyuk futbolchi. Dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri.
Biroq haqiqat shundaki, so‘nggi yetti-sakkiz yil davomida u avvalgi darajasida o‘ynay olmayapti. «Yuventus»dan keyin uning faoliyatida hammasi tugadi», — deya ten Hagning so‘zlarini keltirmoqda A Bola nashri.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida «Sporting», «Manchester Yunayted», «Real Madrid» va «Yuventus» klublari sharafini himoya qilgan.