La Liga. "Real" mehmonda "Rasing"ni yirik hisobda mag'lub etdi

  • Mr.NoBoDy 01.11.2026 22:48
  • 930
  • 30

La Liga 11-tur doirasidagi "Rasing" - "Real" o'yini bo'ldi.

Kilian Mbappe 11-daqiqada penaltidan gol urib, hisobni ochdi. Oradan o'n daqiqa o'tib Jud Bellingem darvozabonni ham aldab o'tgan holda, to'p kiritdi. Nihoyat, Yan Diomande uzoq masofadan chiroyli zarba yo'llab, jamoasining yirik hisobda g'alaba qozonishini taminladi.

“Real” La Ligada 11 o'yindan so'ng 27 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Unda yuqorida “Atletiko” (28) va “Barselona” (30) joylashgan.

Ўхшаш янгиликлар