
Yangilangan reytingda Toshkentning "Paxtakor" klubi 50,3 ball bilan 46-o'rinni egalladi. Ma'lumot uchun, 2025 yilgi reytingda "sherlar" akademiyasi 34,1 ball bilan 90-o'rinni egallagandi.
Tadqiqotga ko'ra, "Paxtakor" akademiyasida tarbiyalangan 59 nafar futbolchi dunyoning 49 ta yuqori divizion chempionatida faoliyat yuritmoqda. Ularning 6 nafari ayni paytda "Paxtakor"ning asosiy jamoasida o'ynamoqda.
Toshkent klubi Osiyo futbol konfederatsiyasi klublari orasida top-60 talikka kirgan yagona jamoa sifatida qitada 1-o'rinni egallab, Braziliyaning "Kruzeyro" (49,8), Ukrainaning "Shaxtyor" (48,4), Angliyaning "Arsenal" (46,6), Xorvatiyaning "Xayduk" (46,2) va Portugaliyaning "Portu" (45,5) klublarini ortda qoldirdi.
Reytingda Portugaliyaning "Benfika" klubi birinchi, Argentinaning "River Pleyt" va "Boka Xuniors" klublari ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallagan.