iks
ads

Akmal Xolmatov: "Yaypan"da yana 2–3 yil qolishim mumkin"

  • Mr.NoBoDy 24.10.2026 20:08
  • 2219
  • 30

Proliganing 24-turidan o'rin olgan "Yaypan" – "Kattaqo'rg'on" (0:1) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Akmal Xolmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– Bugungi o'yin haqida fikr bildirsangiz?
– Yigitlar yaxshi o'ynashdi, faqatgina omad yetishmadi. Hechqisi yo'q, xatolar ustida ishlaymiz, hech narsa tugamadi. Yana ikkita o'yin bor, o'shanga harakat qilamiz, tayyorgarlik ko'ramiz.

– Tarkibda rotaciyalarga qo'l urdingiz, yoshlar jamoasidan ham futbolchilar jalb etildi.
– Yoshlarga ham vaqt, ham imkoniyat berish kerak, chunki keyingi yilni ham o'ylash kerak. Bizlar asosan yoshlar uchun urg'u beramiz. Yoshlar ham bugun yomon o'ynamadi, menimcha. Ular asta-sekin, vaqt o'tib, yaxshi o'ynab ketishni boshlashadi.

– O'zbek futbolini yorqin vakili Akmal Xolmatov, ikki klubga ham begona emas. "Neftchi" va "Paxtakor"ning Elit Osiyo Chempionlar ligasidagi navbatdagi o'yinlari oldidan qanday fikrdasiz?
– "Paxtakor"ga ham, "Neftchi"ga ham faqat omad tilayman.

– "Yaypan" jamoasida siz qancha muddatga shartnoma imzoladingiz va kelgusidagi rejalaringiz?
– Hozircha qishgacha, keyinchalik agar reja tuzilsa, gaplashib olsak, yana ikki-uch yil qolishim mumkin.

Ўхшаш янгиликлар