iks
ads

Superliga. “Nasaf” o'z maydonida "So'g'diyona"ni kichik hisobda engdi

  • Mr.NoBoDy 24.10.2026 19:56
  • 1062
  • 30

"Nasaf" hamda "So'g'diyona" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 25-tur bahsi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Superligasi-2026. 25-tur

“Nasaf” - “So'g'diyona” 2:1 (TUGADI)

24.10.2026, 18:00. Qarshi, “Markaziy” stadion.

Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev

Yordamchi hakamlar: Akmal G'iyosov, Aleksandr Burov

To'rtinchi hakam: Sevdiyor Xamraqulov

VAR: Doston Rahmonov

AVAR: Shohnur Yo'ldoshev

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Mansur Sarimsoqov

Gol: Bobir Abdixoliqov 6, Paata Gudushauri 36, - Sardor Jamolov 85

“Nasaf”: 1. Abduvohid Ne'matov, 2. Alibek Davronov, 4. Akramjon Komilov, 5. G'olib G'aybullaev, 6. Sardorbek Bahromov (14. Sharof Muhiddinov,63), 10. Bobur Abdixoliqov (20. Yusuf Otubanjo, 90+2), 15. Oybek Rustamov (32. Quvonchbek Xushvaqtov,90+2), 17. Murodbek Rahmatov, 70. Abbosjon G'ulomov (7. Adenis Shala, 63), 77. Paata Gudushauri (, 8. Zafarmurod Abdirahmatov, 80), 92. Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 21. Samandar Muratbaev, 22. Diyorbek Abdunazarov, 23. Dilshod Murtazaev, 76. Zafar Sadullaev.

“So'g'diyona”: 27. Milan Mitrovich, 2. Zoir Jo'raboev, 3. Islomjon Qobilov, 4. Behruz Jumatov ( 49. Sardor Jamolov, 72), 6. Behruzbek Asqarov (8. Jamshid Boltaboev, 46), 7. Petar Michin (9. Jenan Zaymovich,67), 13. Filip Ivanovich, 14. Lyupcho Doriev, 17. Ollabergan Karimov, 28. Samandarjon Mavlonqulov (19. Zabihillo O'rinboev,46), 77. Oybek Nurmatov ( 10. Javohir Qahramonov, 46)

Zaxira: 74. Bayram Najafaliev, 15. Xondamir Mustafoqulov, 29. Amirbek Saidov,50. Shohruz Kamolov.

Uchrashuv yakunlandi.

90+2. O'ZGARISH. “Nasaf”, Rustamov o'rniga Xushvaqtov, Abdixoliqov o'rniga Otubanjo tushirildi.

90+1. Alibek Davronov ogohlantirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

85. GOL. Zaxiradan maydonga tushgan Sardor Jamolov Ne'matov darvozasini ajoyib tarzda ishg'ol qildi, 2:1. O'yinga intriga qaytdi.

84. ZARBA. Dorievning zarbasi kuchli ammo noaniq.

80. O'ZGARISH. “Nasaf”, Gudushauri o'rniga Abdirahmatov tushdi.

79. Dorievning uzatmasini Ivanovich boshi bilan darvozaga yo'lladi. To'p yo'liga himoyachilar to'siq bo'ldi.

72. O'ZGARISH. “So'g'diyona”, Jumatov o'rnini Jamolovga bo'shatib berdi.

67. O'ZGARISH. “So'g'diyona”, Michinning o'rniga Zaymovich tushdi.

63. O'ZGARISH. “Nasaf”, G'ulomov o'rniga Shala, Bahromov o'rniga Muhitdinov tushdi.

62. “Nasaf” uchinchi golni urishga yaqin keldi. Mitrovich jamoasini qutqardi.

57. ZARBA. Bahromovdan kuchli zarba ko'rdik. Ammo u noaniq ketdi.

50. Doriev to'pni Qahramonovga qulay qilib etkazib berdi. Javohirning zarbasi noaniq ketdi.

46. O'ZGARISH. “So'g'diyona”, Nurmatov o'rniga Qahramonov, Mavlonqulov o'rniga O'rinboev, Asqarov o'rniga Boltaboev tushdi.

Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Mitrovich to'pga chiqib kelib xavfni bartaraf etdi.

40. ZARBA. Sardor Bahromovning zarbasini Mitrovich qaytardi.

36. GOL. “Nasaf” tablodagi hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Paata Gudushauri jarima maydonchasi ichida raqib darvozasiga aniq zarba berdi.

27. Nasibullaev VAR bilan gaplashmoqda.

26. “So'g'diyona”ning hujumlari keskin tus olmoqda. Dorievning keskin uzatmasini Ne'matov chiqib borib qaytardi.

22. Michin “Nasaf” jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi. Penalti yo'q, o'yin davom etadi.

18. Abduvohil Ne'matov mehmonlarning ijro etgan jarima zarbasini qaytardi.

13. Michinning boshi bilan yo'llagan zarbasini himoyachilar qaytardi.

6. GOL. Bobir Abdixoliqov 11 metrlik nuqtadan zarbani xatosiz amalga oshirdi, 1:0

5. PENALTI. “So'g'diyona” darvozasiga penalti belgilandi.

Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib keldi.

Ўхшаш янгиликлар