
AQSHning “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi 2022 yili Qatarda qo‘lga kiritilgan Jahon chempionligi uning professional faoliyatidagi eng yorqin nuqta ekanini ta’kidladi.
Argentinalik futbolchi nima uchun aynan 2022 yili Qatarda qo‘lga kiritilgan Jahon chempionligi o‘zi uchun alohida ahamiyatga ega ekanini shunday izohladi:
“Jahon chempionatidagi g‘alaba — faoliyatimning kulminasiyasi. Bu men uchun shunchaki orzudan ham kattaroq narsa edi. Turnir finalida Fransiya terma jamoasi darvozasiga kiritgan gollarim, o‘zining mohiyati va o‘yinning qanchalik muhimligi sababli butun faoliyatimdagi eng qadrli gollarga aylangan”, deydi Messi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yili Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasi Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etgan edi. O‘sha tarixiy uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 3:3 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlangan bo‘lsa, penaltilar seriyasida Messi boshchiligidagi jamoaning qo‘li baland kelgan (4:2).
Shuningdek, ortda qolgan JCH-2026 turnirida ham argentinaliklar finalgacha yetib borib, hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga imkoniyatni boy berishdi. Aynan ushbu musobaqadan so‘ng Lionel Messi milliy terma jamoadagi faoliyatiga rasman nuqta qo‘yganini e’lon qildi.