iks
ads

PSJ Kvaratsxeliyaning jarohati sabab qishda Jahon va Yevropa chempioni sotib olishi mumkin - Eurosport

  • Mr.NoBoDy 24.10.2026 09:48
  • 204
  • 30

PSJ o'ng tizzasining old xochsimon bog'lamini yirtib olgan vinger Xvicha Kvaratsxeliyaning jarohati sababli qishki transfer oynasida Bilbao "Atletik"i qanot hujumchisi Niko Uilyamsni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda Eurosport'ga tayanib Sport.es xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, 24 yoshli futbolchi Parij jamoasi tarkibini kuchaytirish uchun jiddiy nomzod hisoblanadi, chunki PSJ uni bir necha yildan beri kuzatib kelmoqda.

Joriy mavsumda Uilyams La Ligada ettita o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2035 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar