iks
ads

Stipe Perica "Paxtakor" ustidan qozonilgan g'alaba, bahsli penalti va kubokdagi mag'lubiyat haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 24.10.2026 08:48
  • 953
  • 30

"Paxtakor" va "Neftchi" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar hujumchisi Stipe Perica o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

– G'alaba bilan tabriklayman. Bugungi o'yin va golingiz haqida taassurotlaringiz?
– Menimcha, bu natija – butun jamoaning g'alabasi. Bu birgina o'yinchining xizmati emas, barchamiz, ayniqsa, ikkinchi bo'limda yaxshi harakat qildik va bu o'yinda g'alaba qozonishga haqli edik.

– Siz kubok bahsida ham "Paxtakor" darvozasiga ham yo'l topa olgan edingiz. Bu raqibga qarshi o'ynashning sizga qulayligi bormi?
– Men qo'limdan kelganini qilishga intilaman. Odilov menga ajoyib uzatmani amalga oshirdi, men esa gol urish uchun qulay vaziyatda edim va o'z imkoniyatimdan foydalandim. Jamoamning g'alabasiga yordam berganimdan xursandman. Ayni damda biz uchun eng muhimi – mana shu.

– Penalti belgilangan vaziyatda libosingizdan tortishganini his qildingizmi? Sizningcha, penalti va qizil kartochka adolatli qaror bo'ldimi?
– Bilasizmi, men gol urishga juda yaqin edim, raqib esa meni orqadan itarib yuborganini his qildim. O'z vazifamni oxirigacha bajarishga harakat qildim, biroq, o'ylaymanki, bu vaziyat – yaqqol penalti edi.

– "Lokomotiv" bilan o'yinda nima yuz berdi? Superligada peshqadam bo'la turib, mag'lubiyatga uchrash va kubokni tark etish... Birinchi bo'limda nima sodir bo'lganini tushuntirib bera olasizmi? Bu juda kutilmagan holat bo'ldi.
– Bu – futbol. Bunga nima ham deyish mumkin? Biz har uch kunda maydonga tushyapmiz. Chempionlar Ligasida, ichki chempionatda va kubok bahslarida ishtirok etyapmiz. Boshqa har qanday jamoada bo'lgani kabi, bizda ham pasayish va ko'tarilishlar bo'lib turadi. Har bir o'yinda g'alaba qozonadigan jamoaning o'zi yo'q. Albatta, juda yuqori darajadagi klublarda buning iloji bordir, lekin biz ham qo'limizdan kelgan barcha ishni qilyapmiz. Asosiy maqsadimiz – chempionatda g'olib chiqish va hozircha biz to'g'ri yo'ldamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar