
Yaqin kunlarda 34 yoshli futbolchi takroriy tekshiruvdan o'tishi kerak bo'ladi. Ijobiy natija tasdiqlangan taqdirda, italiyalik o'yinchi olti oydan ikki yilgacha diskvalifikaciya qilinishi xavfi ostida qoladi. Bu haqda Pilhado X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar bermoqda.
Jorjino 2025 yilning yozidan beri "Flamengo" tarkibida to'p surib kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 3,5 million evroni tashkil etadi.