
FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston va Ozarbayjon mezbonlik qiladigan 2027 yilgi U-20 jahon chempionatining o‘tkazilish sanalarini e’lon qildi.
Xalqaro futbol tashkiloti rahbari ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida musobaqa 2027 yilning 17 sentyabridan 9 oktyabriga qadar davom etishini ma’lum qildi.
«2027 yilgi FIFA U-20 jahon chempionati 17 sentyabrdan 9 oktyabrgacha bo‘lib o‘tishini e’lon qilishdan mamnunman!
Ozarbayjon va O‘zbekiston dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilarini mezbon sifatida kutib olishga tayyor», — dedi Infantino.
Shuningdek, FIFA prezidenti bo‘lajak jahon chempionatida qatnashadigan barcha jamoalarga muvaffaqiyat tiladi.