
Osiyo futbol konfederasiyasi amaldagi FIFA prezidenti Janni Infantinoni kelayotgan saylovda qo‘llab-quvvatlaydi. "Daily Mail" nashri xabariga ko‘ra, Osiyo futboli boshqaruv a’zolari Infantino nomzodini ma’qul ko‘radi va uni 4 marta prezidentlikka saylashga qarshi emas.
OFK raisi Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifaning bu qarori tashkilotga a’zo 47 ta mamlakat futbol federasiyalariga birdek yoqmasligi mumkin, lekin bu narsa Infantino taqdirini hal qilishi aniq. FIFA prezidentligi uchun saylov kelasi yilning mart oyida o‘tkaziladi.

Infantinoga qarshi ovoz berish uchun qo‘yilgan muddat esa 18 noyabrgacha amal qiladi. Ammo hali hech bir qit’a vakillari qarshi ovoz berish huquqidan foydalanganicha yo‘q. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozdagi jahon chempionatidan keyin Infatino butun dunyoga kyeyingi mundialni xususiy investorlarga sotish haqida taklif bergan edi. Bu narsa keng jamoatchilikda keskin norozilik uyg‘otgan.