
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi Asturiya malikasi mukofotiga sazovor bo‘lganidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu men uchun katta sharaf. Barcha sovrindorlarni tabriklayman. Sizlar bilan tanishib, birga vaqt o‘tkazganimdan xursandman. E’tirof uchun Asturiya malikasi jamg‘armasiga, mehr-muhabbati uchun barchaga rahmat. Bu men uchun juda muhim. Hammangizni bag‘rimga bosaman", — dedi 39 yoshli argentinalik futbolchi.
Messi joriy mavsum "Inter Mayami" safida 32 ta o‘yinda 29 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.