
Jurnalistlar Filipp Kessler va Manuel Bonkening xabar berishicha, Kompani bir necha kun oldin ham shifoxonaga tushib, u yerda tunagan va tibbiy ko'rikdan o'tgan edi. Tekshiruv natijalari salbiy chiqqan.
Ma'lum bo'lishicha, Kompani ko'pincha juda kam uxlaydi va ishda kechgacha qolib ketadi. Klub bu holatdan yaxshi xabardor.
Sog'lig'idagi muammolarga qaramay, Kompani bugun asosiy jamoa mashg'ulotini boshqardi va shundan so'ng ikkinchi jamoaning tayyorgarligini ko'zdan kechirish uchun yo'l oldi. Aynan mana shu jarayonda u hushini yo'qotgan.
Endilikda "Bavariya" murabbiydan o'zini ortiqcha urintirmaslikni, dam olishni va ishga qaytishdan oldin tiklanish uchun qancha vaqt kerak bo'lsa, shuncha ajratishni qatiy talab qilmoqda.