iks
ads

Shamsiddin Tursunmahammadov: "Bunyodkor"ning o'rni Superligada, biz oxirigacha bor kuchimizni beramiz"

  • Mr.NoBoDy 24.10.2026 12:00
  • 199
  • 30

"Bunyodkor" jamoasi Superliganing 25-turida "Mashal"ni mag'lub etdi (2:1).

O'yinda "qaldirg'ochlar"ning g'alaba goliga Shamsiddin Tursunmahammadov mualliflik qildi. O'yindan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik.

"Mashal"ga qarshi kechgan bahs oson kechgani yo'q. Raqib zimmasida muayyan bosim bo'lmagani bois ular ancha erkin va erkin taktikada, sifatli o'yin ko'rsatishdi. Shunday bo'lsa-da, biz oldimizga qo'yilgan asosiy vazifani bajarib, jamoamiz uchun o'ta muhim bo'lgan 3 ochkoni qo'lga kiritdik.

Jamoadagi muhit va muxlislarning qo'llab-quvvatlashi menga alohida bosim yuklamaydi, aksincha, qo'shimcha ishonch va motivaciya beradi. O'yindan o'yinga o'z kuchimga bo'lgan ishonch ortib borayotganini his qilyapman.

Hozirda "Bunyodkor"da ko'plab iqtidorli yosh futbolchilarga keng imkoniyat berilmoqda. Jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabining bu ishonchi biz uchun juda qadrli. Joriy mavsumda "Bunyodkor"ni Superligada saqlab qolish va klub shanini munosib himoya qilish uchun bor kuch-g'ayratimizni ishga solamiz. "Bunyodkor"ning o'rni quyida emas",- deydi Shamsiddin Tursunmahammadov.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar