iks
ads

Yamal "Oltin to'p" topshirish marosimiga shaxsiy samolyotda uchadi

  • Mr.NoBoDy 23.10.2026 13:16
  • 319
  • 30

"Barselona" vingeri Lamin Yamal London shahrida bo'lib o'tadigan "Oltin to'p" topshirish tantanasiga alohida shaxsiy samolyotda yo'l oladi, deya xabar bermoqda COPE.

Manbaning yozishicha, 19 yoshli ispaniyalik futbolchi o'z oilasi va eng yaqinlarini birga olib ketish maqsadida maxsus laynerni ijaraga olgan. "Barselona"ning boshqa nomzodlari - Pau Kubarsi va Rodri esa Londonga prezident Joan Laporta boshchiligidagi klub rasmiy delegaciyasi bilan birga boshqa reys orqali uchadi.

"Oltin to'p" topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonning "Palladium" teatrida bo'lib o'tadi. Tarixda ilk bor ushbu tantanali tadbir Parij shahridan tashqarida tashkil etilmoqda.

Yamal 2025/26 yilgi mavsum La Liganing eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. U 45 ta uchrashuvda 16 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 2026/27 yilgi mavsumda esa vinger hisobida Ispaniya chempionatining 9 ta bahsida urilgan 8 ta gol va 6 ta assist mavjud.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar