iks
ads

YCHL. "Sabah" o'z maydonida "Borussiya Dortmund"ga mag'lub bo'ldi, Rahmonaliev 81 daqiqa o'ynadi

  • Mr.NoBoDy 20.10.2026 23:40
  • 2119
  • 30

UEFA Chempionlar ligasining 3-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

"Sabah" - "Borussiya Dortmund" 1:2

Gollar: 10, 53 - Seru Girassi, 39 - Eyden Makkarti

“Sabah”: 92. Stas Pokatilov, 80. Akim Zedadka, 3. Stiv Solve, 4. Eyden Makkarti, 27. Timoteush Puxach, 7. Umarali Rahmonaliev (6. Abdulla Xaybulaev, 81’), 13. Ivan Lepinica, 37. Du Keyros (10. Aleksey Isaev, 65’), 11. Kaxim Perris (99. Orfe Mbina, 65’), 21. Velko Shimich, 20. Joy-Lens Mikkels (8. Kristian Nvachukvu, 81’).

Zaxira: 1. Amin Ramazanov, 94. Revan Mirzemmedov, 5. Raxman Dashdamirov, 17. Tellur Myutellimov, 33. Junior Almeyda, 9. Xayal Aliev, 88. Rodrigu Fernandesh, 34. Ksander Severina.

“Borussiya Dortmund”: 1. Gregor Kobel, 4. Niko Shlotterbek, 3. Valdemar Anton, 5. Rami Bensebaini (22. Joan Gadu, 72’), 24. Daniel Svensson (14. Maksimilian Bayer, 77’), 25. Yoey Verman, 26. Yulian Ryuerson, 8. Feliks Nmecha (7. Job Bellingem, 71’), 17. Karni Chukvuemeka (20. Marsel Zabitcer, 71’), 9. Seru Girassi, 21. Fabiu Silva.

Zaxira: 30. Patrik Dreves, 33. Aleksander Niklas Mayer-Shade, 39. Filippo Mane, 49. Luka Rejani, 18. Itan Nvaneri, 40. Samuele Inasio, 44. Enco Duarte, 41. Matis Albert.

Ogohlantirishlar: 22 - Stiv Solve, 48 - Ivan Lepinica, 57 - Eyden Makkarti, 89 - Akim Zedadka

90+2. O'yin yakunlandi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

88. “Sabah” so'nggi daqiqalarda ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lmoqda, biroq yakunlovchi futbolchi topilmayapti.

82. Silvadan yana bir zarba, bunisi darvoza ustidan o'tib ketdi.

81. Umarali Rahmonaliev uchun bugungi uchrashuv yakunlandi, u zaxiraga olindi.

81. Shlotterbekning bosh bilan bergan zarbasiga himoyachilar “blok” qo'yishdi.

79. Shimich jarima maydonchasi ichida qulay vaziyatda darvozaga zarba berolmay qoldi…

75. Mbina juda zo'r vaziyatga chiqib borib zarba berdi, biroq anchagina noaniq bo'ldi…

73. Bellingemning uzatmasidan so'ng Silva qulay vaziyatga chiqib bordi, ammo uning zarbasi noaniq bo'ldi.

70. Chukvuemeka jarima maydonchasiga kirib borib to'pni Girassiga uzatdi, ammo Seru qulay vaziyatdan gol ura olmadi…

65. “Sabah” safida ikkita o'zgarish amalga oshirildi. Rahmonaliev o'zgartirilmadi, maydonda faol u.

63. Vermanning erlatib yo'llagan zarbasini Pokatilov bartaraf eta oldi.

62. Mikkelsning uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Kobel ushlab oldi.

57. Nmecha Umaraliga nisbatan qo'pol o'ynadi, Rahmonaliev biroz oqsoqlanib qoldi. Unda hammasi joyida hozir.

56. Girassining uzoqdan tepgan to'pini darvozabon ushlab oldi.

54. Yana oldinga chiqib oldi Germaniya klubi. Ozarbayjonliklardan nima ko'ramiz, qiziq!

gettyimages-2301175568-2048x2048.jpg

53. GOL! Girassidan dubl! O'ng qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Seru darvozaga joylab qo'ydi.

50. Bensebainining zarbasi noaniq bo'ldi.

50. Dortmundliklar jarima zarbasiga ega bo'ldi, ammo darvozaga yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi, “Sabah” himoyachilari vaziyatni bartaraf etishdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. Perrisning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi!

42. Rahmonalievning burchakdan uzatgan to'pi muvaffaqiyatli bo'lmadi.

42. Shimich qulay vaziyatga chiqib borib, darvozaga zarba berdi, Kobel to'pni qaytardi!

40. Tenglashdi hisob, buyog'iga endi o'yin yanada “yonadi”!

39. GOL! Makkarti hisobni tenglashtirdi! Jarima zarbasidan uzatilgan to'pni Eyden bosh bilan darvozaga kiritdi!

34. Dormundliklar ham faollikni qo'ldan boy bermayapti, bir qator hujumlar besamar ketmoqda.

30. “Sabah” gol urgandi, biroq ushbu holatda offsayd borligini ma'lum bo'ldi.

27. Nmechaning zarbasi noaniq ketdi.

24. “Bourssiya” futbolchisi jarima zarbasidan zarba yo'lladi, to'pni darvozabon qaytardi!

19. “Sabah” sekin asta hujumlar tashkil etishga kirishmoqda, biroq hozircha xavflisini ko'rmadik.

11. Tezkor gol o'tkazib yubordi “Sabah”, buyog'iga endi faollashishi lozim.

gettyimages-2300635930-2048x2048.jpg

10. GOL! Girassi hisobni ochdi! Nmechaning zarbasidan so'ng qaytgan to'pni Seru darvozaga kiritib qo'ydi.

6. Endi mehmonlardan xavfli hujum bo'lishi mumkin edi, ammo bunda ham yakuniy zarba muvaffaqiyatli bo'lmadi.

4. Ozarbayjon klubi ilk daqiqalardan hujumga o'tdi, biroq yakun bo'lmadi.

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni UEFA Chempionlar ligasining 3-turidan o'rin olgan "Sabah" - "Borussiya Dortmund" bahsning matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar